遇见数据集

ANAL FISTULALARNI SFINKTER SAQLOVCHI ZAMONAVIY JARROHLIK USULLARI

收藏
Zenodo2026-04-27 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada anal fistulalarni sfinkter saqlovchi zamonaviy jarrohlik usullari, ularning klinik samaradorligi va amaliyotdagi o‘rni tahliliy jihatdan yoritilgan. Anal fistula proktologiyada murakkab kechuvchi va qaytalanishga moyil patologiya bo‘lib, an’anaviy jarrohlik usullari ko‘pincha anal sfinkterning shikastlanishi va najasni ushlab turish funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli hozirgi kunda sfinkter tuzilmasini maksimal darajada saqlab qolishga qaratilgan minimal invaziv yondashuvlar keng qo‘llanilmoqda. Maqolada LIFT usuli, lazer ablyatsiya (FiLaC), seton terapiya hamda biologik plombalar kabi zamonaviy texnologiyalar tahlil qilinadi. Ularning afzalliklari, kamchiliklari, klinik natijalari va qaytalanish darajalari qiyosiy jihatdan baholanadi. Shuningdek, har bir usulning fistula turiga mosligi va individual yondashuv prinsiplari ko‘rib chiqiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务