TARBIYA DARSLARIDA GAMIFIKATSIYA TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MILLIY QADIRYATLARNI SINGDIRISH
收藏资源简介:
Maqolada ta’lim jarayonida gamifikatsiya (o‘yinlashtirish) texnologiyasidan foydalanish orqali milliy qadriyatlarni o‘rgatishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Globallashuv sharoitida yosh avlod ongida milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda o‘yin elementlari - ball berish tizimi, reytinglar, rolli o‘yinlar, virtual ssenariylar va interaktiv topshiriqlarning ta’lim oluvchilarning motivatsiyasi, faolligi hamda bilish jarayoniga ta’siri o‘rganildi. Gamifikatsiya asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar orqali milliy urf-odatlar, an’analar, tarixiy qadriyatlar va axloqiy me’yorlarni samarali o‘zlashtirish imkoniyatlari yoritib berildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘yinlashtirilgan ta’lim muhiti o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodkorligi va milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Maqolada gamifikatsiya texnologiyasini ta’lim amaliyotiga joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ta’lim sifatini oshirish va tarbiyaviy jarayonni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.



