TALABALARNING TADQIQOTCHILIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TAMOYILLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada talabalarning tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi asosiy pedagogik tamoyillar ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotchilik kompetentligini shakllantirish jarayonida ilmiylik va metodologik asoslanganlik, maqsad, faoliyat va baholash uyg‘unligi, tizimlilik, motivatsion-qadriyatli yo‘naltirilganlik, uzluksizlik, individuallashtirish, izlanishga yo‘naltirilganlik, muammolilik, subyektlilik, bosqichli avtonomlik, refleksivlik, hamkorlik va shakllantiruvchi baholash tamoyillarining ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, zamonaviy raqamli ta’lim sharoitida ochiqlik, raqamli-pedagogik maqsadga muvofiqlik, axloqiy mas’uliyat va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur tamoyillarning o‘zaro uyg‘un holda qo‘llanishi talabaning mustaqil ilmiy fikrlashi, dalillarga tayangan holda qaror qabul qilishi hamda tadqiqot natijalari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishiga xizmat qilishi asoslangan.



