遇见数据集

CHO'L HUDUDLARIDA REKREATSION MASKANLARNI TASHKIL ETISH TAMOYILLARI (Xorazm viloyati: Xiva, Qo'shko'pir, Shovot va Gurlan tumanlari misolida)

收藏
Zenodo2026-01-25 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada cho‘l va cho‘lga yaqin hududlarda rekreatsion maskanlarni tashkil etish muammolari arid iqlim sharoitining tabiiy cheklovlari va ekologik barqarorlik talablari nuqtayi nazaridan ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi Xorazm viloyati misolida cho‘l hududlarida rekreatsion rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiluvchi hududiy-rejalashtirish tamoyillarini aniqlash, tizimlashtirish va amaliy jihatdan asoslab berishdan iborat. Tadqiqot obyekti sifatida Xiva, Qo‘shko‘pir, Shovot va Gurlan tumanlarining tabiiy-geografik sharoitlari, landshaft tuzilishi, suv resurslari, madaniy-tarixiy obyektlari hamda rekreatsion salohiyati o‘rganildi. Tadqiqot metodologiyasi hududiy-geografik tahlil, landshaft-rekreatsion baholash, rekreatsion sig‘imni aniqlash, taqqoslama va tizimli tahlil usullariga asoslandi. Tadqiqot jarayonida cho‘l hududlarida rekreatsion maskanlarni joylashtirish va rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillar aniqlanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilindi. Natijada Xorazm viloyatining turli tumanlarida rekreatsion faoliyatni rivojlantirish uchun hududiy ixtisoslashuv asosida differensial yondashuv zarurligi ilmiy jihatdan asoslandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, cho‘l hududlarida rekreatsion maskanlarni tashkil etishda iqlimga moslashuv, ekologik barqarorlikni ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda madaniy meros obyektlarini rekreatsion tizimga integratsiyalash ustuvor tamoyillar sifatida belgilandi. Ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar hududiy rejalashtirish, turizmni barqaror rivojlantirish, shuningdek, ekologik va hududiy siyosatni takomillashtirish jarayonlarida foydalanish imkonini beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-25
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务