遇见数据集

FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNI TA'LIM JARAYONIGA JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

收藏
Zenodo2026-07-06 更新2026-08-02 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada fanlararo aloqadorlik asosida 10–11-sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishda pedagogik dasturiy vositalarni ta’lim jarayoniga joriy etishning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion o‘qitish metodlari hamda elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslangan. Shuningdek, pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning didaktik imkoniyatlari, STEAM yondashuvi, interfaol metodlar, evristik va muammoli ta’lim, "Aqliy hujum" hamda "Keys-stadi" texnologiyalarining fanlararo masalalarni yechishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari pedagogik dasturiy vositalarni fanlararo integratsiya asosida qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy va tanqidiy tafakkuri, matematik savodxonligi, kommunikativ hamda axborot bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Shuningdek, elektron ta’lim resurslari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni uyg‘unlashtirish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi aniqlandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-06
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务