MARIMBA CHOLG'USIDA KEIKO ABENING "PRISM" ASARINI MUSIQAGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O'QUVCHILARIGA O'RGATISH METODIKASI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada zamonaviy marimba ijrochilik san’atining rivojlanishida muhim o‘rin tutgan Keiko Abening “Prism” asarini musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilariga o‘rgatish metodikasi ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarning musiqiy-badiiy mazmuni, texnik murakkabliklari, ijrochilik talablari hamda yosh ijrochilarda marimba cholg‘usiga xos ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, asarni o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan samarali pedagogik usullar, bosqichma-bosqich o‘qitish tamoyillari va ijrochilik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari marimba sinflarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning texnik va badiiy imkoniyatlarini kengaytirish hamda zamonaviy zarbli cholg‘ular repertuarini o‘zlashtirish samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.



