遇见数据集

KRIPTOTEXNOLOGIYALARNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI ROLI VA IJTIMOIY TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-01-13 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada kriptotexnologiyalarning zamonaviy hayotdagi o‘rni hamda ularning jamiyatga ko‘rsatayotgan ijtimoiy ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida kriptotexnologiyalar, xususan kriptovalyutalar, blokcheyn va markazsizlashtirilgan moliyaviy tizimlarning shakllanish jarayoni, ularning iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarga ta’siri tizimli ravishda o‘rganildi. Ilmiy adabiyotlar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari hamda statistik ma’lumotlar asosida kriptotexnologiyalarning ijobiy va salbiy ijtimoiy oqibatlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kriptotexnologiyalar moliyaviy inklyuziyani kengaytirish, shaffoflikni oshirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, yuqori risk darajasi, tartibga solish muammolari va moliyaviy savodxonlikning yetarli emasligi jamiyat uchun muayyan xavflarni yuzaga keltirmoqda. Maqolada kriptotexnologiyalarni rivojlantirish jarayonida ijtimoiy omillarni hisobga olish, muvozanatli davlat siyosatini yuritish va aholining raqamli savodxonligini oshirish zarurligi asoslab berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务