TIJORAT BANKLARINING IQTISODIY O'SISHDAGI ROLI VA KREDITLASH SIYOSATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tijorat banklarining iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi o‘rni hamda ularning kreditlash siyosatining real sektor rivojiga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda tijorat banklarining moliyaviy resurslarni safarbar etish, ularni samarali taqsimlash va investitsion jarayonlarni jadallashtirishdagi asosiy funksiyalari yoritib beriladi. Kreditlash siyosatining iqtisodiy faollik, tadbirkorlik muhitining kengayishi va ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishiga ko‘rsatadigan ta’siri nazariy hamda amaliy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, kredit resurslarining tarkibi, foiz stavkalari mexanizmi va kredit risklarini boshqarish usullarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri ochib beriladi. Maqolada zamonaviy bank tizimi sharoitida kreditlash siyosatini takomillashtirish orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish imkoniyatlari yuzasidan xulosalar va ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.



