遇见数据集

SPORT SOHASIDA PSIXOLOGIK ISH

收藏
Zenodo2026-01-31 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada sport sohasida psixologik ishlarni tashkil etishning nazariy-metodologik asoslari hamda ularning amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Sport faoliyati nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki sportchining psixologik barqarorligi, irodaviy sifatlari va motivatsion holati bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Shu bois sport psixologiyasi sport natijalarini oshirishda muhim omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda sportchilar bilan olib boriladigan psixologik ishlarning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, stressni boshqarish, musobaqa oldi va musobaqa jarayonidagi emotsional holatni nazorat qilish, diqqat va irodani shakllantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, murabbiy va sportchi o‘rtasidagi psixologik hamkorlikning samaradorligi ham tahlil qilinadi. Ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida sport psixologik tayyorgarligining tizimli modeli taklif etiladi. Maqola xulosalari sport psixologlari, murabbiylar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari sportchilarni tayyorlash jarayonida psixologik ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务