遇见数据集

PAYVANDLAB TAYYORLANGAN REZERVUARNING PAYVAND CHOKLARINI SIFAT NAZORATIDAN O'TKAZISH

收藏
Zenodo2026-06-02 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Payvand choklarining sifati sanoat obyektlarida qo‘llaniladigan payvandlab tayyorlangan rezervuarlarning konstruktiv ishonchliligi, ekspluatatsion xavfsizligi va xizmat muddatini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Payvandlash jarayonida yuzaga keladigan g‘ovaklik, darzlar, shlak qoldiqlari, to‘liq payvandlanmaslik va geometrik og‘ishlar kabi nuqsonlar rezervuarning mexanik mustahkamligini pasaytirib, sizib chiqish yoki avariya xavfini oshirishi mumkin. Ushbu maqolada payvandlab tayyorlangan rezervuarlarning payvand choklarini sifat nazoratidan o‘tkazishning asosiy usullari, jumladan vizual nazorat, ultratovush nazorati, radiografik nazorat, magnit kukunli va kapillyar nazorat usullari tahlil qilinadi. Tadqiqotda payvand choklaridagi nuqsonlarni aniqlash aniqligini oshirish uchun buzmaydigan nazorat usullarini kompleks qo‘llash zarurligi asoslanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tizimli sifat nazorati nuqsonlarni erta aniqlash, sanoat avariyalarining oldini olish va rezervuarlarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务