STRESSNI BARTARAF ETISHGA QARATILGAN PSIXOLOGIK TRENINGLAR
收藏资源简介:
Ushbu maqolada stressni bartaraf etishga qaratilgan psixologik treninglarning nazariy-metodologik asoslari hamda ularning zamonaviy sharoitdagi amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda stress fenomenining psixologik mazmuni, uning shaxs faoliyati va psixik holatiga ta’siri yoritilib, stressni boshqarishga yo‘naltirilgan trening dasturlarining tuzilishi, mazmuni va ta’sir mexanizmlari ilmiy asosda ochib beriladi. Maqolada kognitiv-xulqiy yondashuv, relaksatsion texnikalar, emotsional o‘z-o‘zini boshqarish va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan trening elementlarining stress darajasini pasaytirishdagi roli empirik va nazariy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, psixologik treninglarning ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari hamda shaxsiy rivojlanish jarayonida qo‘llanish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari stressni oldini olish va psixoprofilaktika tizimini takomillashtirishda psixologik treninglardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.



