JAHON VA O'ZBEK ADABIYOTI NAMUNALARINI RAQAMLI TA'LIM RESURSLARI ASOSIDA O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Annotatsiya: Mazkur maqolada jahon va o‘zbek adabiyoti namunalarini o‘qitish jarayonida raqamli ta’lim resurslaridan foydalanishning pedagogik va metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi adabiyot fanini o‘qitish mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Tadqiqotda elektron darsliklar, raqamli kutubxonalar, multimedia materiallari, audiokitoblar, videoresurslar, interaktiv topshiriqlar, virtual ko‘rgazmalar hamda onlayn ta’lim platformalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari ochib berilgan. Jahon va o‘zbek adabiyoti namunalarini qiyosiy o‘rganishda raqamli resurslardan foydalanish o‘quvchilarning badiiy matnni idrok etishi, tahlil qilishi, mustaqil fikrlashi va adabiy-estetik qarashlarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslangan. Maqolada raqamli resurslardan foydalanishga asoslangan metodik model hamda amaliy topshiriqlar tizimi taklif etilgan.



