OLIY TA'LIMDA TALABALAR XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA REGISTRATOR OFISI FAOLIYATINING ERGONOMIK BOSHQARUV MODELI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada talabalar xizmatlarini raqamlashtirish sharoitida registrator ofisi faoliyatining ergonomik boshqaruv modelini asoslash masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida registrator ofisi faoliyatini ergonomik yondashuv asosida takomillashtirish va akademik xizmatlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini asoslashdan iborat. Tadqiqotda raqamli jarayonlarni tahlil qilish, ergonomik modellashtirish, axborot oqimlarini xaritalash, tizimli va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar ergonomik diagnostika, ish jarayonlarini qayta loyihalash, raqamli xizmatlarni inson omiliga moslashtirish, xodimlarning ergonomik kompetentligini rivojlantirish va monitoring tizimini joriy etish samaradorlikni oshirishning asosiy shartlari ekanini ko‘rsatdi. Maqolada registrator ofisi faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.



