NEMIS TILI DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING TIL TOʻSIQLARINI YENGIB OʻTISHIGA QARATILGAN METODIK TAVSIYALAR
收藏资源简介:
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida nemis tilini chet tili sifatida oʻrganayotgan oʻquvchilarda yuzaga keladigan psixologik va lisoniy til toʻsiqlari (language barrier) hamda ularni bartaraf etish muammolari tadqiq etilgan. Oʻquvchilarning ogʻzaki nutq jarayonida duch keladigan qoʻrquv, xatolarga yoʻl qoʻyishdan choʻchish va lugʻat boyligining yetishmasligi kabi omillar mahalliy hamda xorijiy olimlar tadqiqotlari prizmasida tahlil qilingan. Maqolada nemis tili darslarida oʻquvchilarning kommunikativ kompetensiyasini oshirish hamda til toʻsiqlarini yengib oʻtishga xizmat qiladigan "Kugellager", "Redemittel" va "Fehler-Willkommen" kabi zamonaviy interaktiv metodlar va amaliy pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda tajriba-sinov koʻrsatkichlari keltirilgan.



