GLOBAL IQTISODIY BEQARORLIK SHAROITIDA DAVLAT BUDJETI BARQARORLIGINI TA'MINLASH VA FISKAL SIYOSAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
收藏资源简介:
Maqolada global iqtisodiy beqarorlik sharoitida davlat budjeti barqarorligini ta’minlash va fiskal siyosat samaradorligini oshirish masalalari nazariy hamda amaliy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Xalqaro savdo sharoitidagi o‘zgarishlar, inflyatsiya, valyuta kursi tebranishlari, davlat qarzi va budjet taqchilligining davlat moliyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, budjet daromadlarini prognozlash sifatini yaxshilash, xarajatlarni natijaga yo‘naltirish, fiskal xavflarni boshqarish, o‘rta muddatli rejalashtirish va budjet shaffofligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan davlat moliyasini boshqarish strategiyasi hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining tavsiyalari tahlil uchun asos sifatida Abstract qo‘llanadi.



