遇见数据集

RAQAMLI MOLIYANING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL

收藏
Zenodo2026-06-04 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida raqamli moliyaviy ekotizimning shakllanishi, uning transformatsion dinamikasi va makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri empirik hamda tizimli-qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida Markaziy bank, Statistika agentligi va Jahon bankining 2020–2025-yillardagi rasmiy ma'lumotlari asosida masofaviy bank xizmatlari, tranzaksiyalar tarkibi va “regulyativ sandbox” mexanizmlarining samaradorligi baholangan. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, raqamli moliya tizimida an'anaviy POS-terminallardan QR-kod va NFC texnologiyalariga oʻtish, shuningdek, P2P oʻtkazmalari ulushining kamayib, B2C va G2C segmentlarining ortishi iqtisodiyotning real sektoriga xizmat koʻrsatuvchi funksional bosqich boshlanganidan dalolat beradi. Maqolada neobanklar faoliyati, biometrik identifikatsiyaning ijobiy natijalari bilan bir qatorda, hududiy raqamli tafovut (digital divide) va onlayn kreditlarning yuqori foiz stavkalari kabi tizimli muammolar aniqlangan hamda ularni bartaraf etish boʻyicha strategik takliflar ilgari surilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务