MARKETINGDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqola marketingda blokcheyn texnologiyasining istiqbollarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, uning raqamli marketing strategiyalarini tubdan o‘zgartirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Blokcheyn shaffoflik, xavfsizlik va markazlashmagan tizimni ta’minlab, reklama kampaniyalarining samaradorligini oshirish, mijozlar bilan ishonchli aloqalarni mustahkamlash va sodiqlik dasturlarini avtomatlashtirish imkonini beradi. Ilmiy adabiyotlar, soha hisobotlari va amaliy misollar asosida o‘tkazilgan tahlillar blokcheynning marketing jarayonlariga integratsiyasidagi asosiy imkoniyatlar va cheklovlarni aniqladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, blokcheyn marketing strategiyalarini optimallashtirish, resurslarni samarali boshqarish va kompaniyalar raqobatbardoshligini oshirish imkonini beruvchi innovatsion vosita sifatida ahamiyatga ega.



