SUN'IY INTELLEKT DISKURSI TERMINOLOGIYASINI QIYOSIY-LINGVISTIK TADQIQ ETISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sun’iy intellekt diskursida qo‘llanilayotgan terminlarning lingvistik xususiyatlari, ularning shakllanish manbalari, semantik tuzilishi hamda ingliz va o‘zbek tillarida ifodalanish usullari qiyosiy-lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida sun’iy intellektga oid terminologik tizim kengayib bormoqda. Ushbu jarayon yangi terminlarning yaratilishi, mavjud terminlarning semantik transformatsiyasi va turli tillarga moslashuvi bilan xarakterlanadi. Tadqiqot davomida sun’iy intellekt diskursida faol qo‘llanayotgan “machine learning”, “deep learning”, “neural network”, “natural language processing”, “large language model”, “artificial intelligence” kabi terminlarning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari hamda ularning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganildi. Shuningdek, terminlarning struktur-semantik modeli, tarjima strategiyalari va milliy til tizimiga integratsiyalashuv jarayonlari yoritildi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt terminologiyasini standartlashtirish, terminografik bazalarni yaratish va ilmiy diskursni takomillashtirishda muhim nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.



