OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA ICHKI AUDITNI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA ULARNING O'ZIGA XOS JIHATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida ichki audit tizimini tashkil etishning huquqiy asoslari hamda uning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida ichki audit faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, amaldagi boshqaruv mexanizmlari va ichki nazorat tizimining samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ichki audit xizmatining moliyaviy intizomni mustahkamlash, shaffoflikni ta’minlash va risklarni kamaytirishdagi muhim rolini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ichki audit faoliyatining mustaqilligi, kadrlar salohiyati va raqamlashtirish darajasi bilan bog‘liq muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi. Maqola natijalari oliy ta’lim muassasalarida ichki audit tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy va tashkiliy qarorlar qabul qilishda metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.



