MARKAZIY BANKNING PUL-KREDIT SIYOSATI VA INFLYATSIYANI JILOVLASHDAGI ROLI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatining inflyatsiya jarayonlarini jilovlashdagi o‘rni va ahamiyati yoritib beriladi. Tadqiqot doirasida pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari, xususan, asosiy foiz stavkasi, ochiq bozor operatsiyalari va majburiy zaxira normalarining inflyatsiya darajasiga ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, inflyatsion bosimlarning yuzaga kelish sabablari hamda ularni kamaytirishda Markaziy bankning institutsional mustaqilligi va siyosiy qarorlarining ahamiyati ochib beriladi. Maqolada pul-kredit siyosati orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash masalalari nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilib, inflyatsiyani nazorat qilishda samarali monetar yondashuvlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.



