SURUNKALI APIKAL PERIODONTITLI BEMORLARDA BIOAKTIV SHISHA QO'LLANGAN ENDODONTIK DAVOLASHDAN KEYINGI MAHALLIY IMMUN JAVOB
收藏资源简介:
Surunkali apikal periodontit ildiz kanali tizimidagi mikroorganizmlar ta’sirida rivojlanadigan va periapikal to‘qimalarda uzoq davom etuvchi yallig‘lanish jarayoni bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. So‘nggi yillarda bioaktiv shisha endodontik davolashda regenerativ va antimikrob xususiyatlari tufayli keng qo‘llanilmoqda. Mazkur tezisda surunkali apikal periodontitli bemorlarda bioaktiv shisha qo‘llangan endodontik davolashdan keyin mahalliy immun javobning o‘zgarishlari tahlil qilindi. Bioaktiv shishaning yallig‘lanish mediatorlari faolligini kamaytirishi, immun hujayralar faoliyatini me’yorlashtirishi va periapikal to‘qimalarda regenerativ jarayonlarni rag‘batlantirishi aniqlandi. Olingan natijalar bioaktiv shishaning nafaqat antimikrob, balki immunomodulyator ta’sirga ham ega ekanligini ko‘rsatadi.



