PROGRESSIV KERATOKONUSDA ERTA DIAGNOSTIKA, SUN'IY INTELLEKT ASOSIDAGI PROGNOZLASH VA ZAMONAVIY DAVOLASH STRATEGIYALARI
收藏资源简介:
Progressiv keratokonus butun dunyoda yoshlar orasida ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib keluvchi eng muhim ektatik korneal kasalliklardan biri hisoblanadi. Kasallikning erta bosqichlarida klinik belgilar deyarli namoyon bo‘lmasligi sababli, uni o‘z vaqtida aniqlash zamonaviy oftalmologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada progressiv keratokonusning epidemiologiyasi, etiopatogenezi, molekulyar mexanizmlari, zamonaviy diagnostik usullari hamda sun'iy intellekt asosidagi prognozlash tizimlari tahlil qilindi. Pentacam tomografiyasi, korneal biomekanik tahlil (Corvis ST), optik koherent tomografiya (OCT) va Scheimpflug tasvirlash texnologiyalarining diagnostik imkoniyatlari baholandi. Shuningdek, korneal kollagen kross-linking (CXL), intracorneal ring segmentlari (ICRS), topografiya nazoratidagi fotorefraktiv keratektomiya (TG-PRK), Bowman qavati transplantatsiyasi va keratoplastikaning klinik samaradorligi xalqaro ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilindi. Maqolada sun'iy intellekt algoritmlarining keratokonusni subklinik bosqichda aniqlashdagi istiqbollari ham yoritilgan.



