遇见数据集

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

收藏
Zenodo2026-02-18 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tadqiqot “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini rivojlantirish metodikasi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy musiqa ta’limi jarayonida pedagogik kompetensiyalarning shakllanishi va rivojlanish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi - musiqa o‘qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini samarali rivojlantirish metodik tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdir. Metodik asos sifatida pedagogik psixologiya, musiqiy ta’lim metodikasi, tajriba-uslubiy ishlar hamda so‘nggi yillarda ilmiy adabiyotlar tahlili qo‘llanildi. Tadqiqot jarayonida eksperimental usullar, kuzatish, intervyu, so‘rovnoma va vaziyatli vazifa yechish orqali bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatdagi qobiliyatlari aniqlanib, ularni rivojlantirish bo‘yicha samarali strategiyalar ishlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, musiqa o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini rivojlantirish tizimli metodik yondashuv orqali amalga oshirilsa, ularning dars jarayonini rejalashtirish, o‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish va ijodiy yondashuvni qo‘llash qobiliyatlari sezilarli darajada oshadi. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida metodik ishlarni takomillashtirish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda musiqa ta’limining sifatini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-18
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务