TURK VA O'ZBEK XALQ ERTAKLARI QAHRAMONLARINING O'XSHASH VA FARQLI TOMONLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek va turk xalq ertaklaridagi qahramon obrazlarining o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilinadi. O‘zbek ertakchilik an’anasi qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, u xalqning ijtimoiy hayoti, urf-odatlari, dunyoqarashi va qadriyatlari aks etadi. Tadqiqotda sehrli ertaklar qahramonlari (botirlar, aqlli qizlar, yovuz kuchlar), yordamchi obrazlar (hayvonlar, peri qizlari) va salbiy tiplar (dev, ajdarho, sehrgar kampir) asosida tahlil olib borilgan. Shuningdek, xalqaro folklor namunalaridagi o‘xshash qahramonlar — kenja botir va Keloğlan tiplari, aqlli qiz va donishmand malika, dev va yalmog‘iz kabi antagonistlarning o‘zbek va Anadolu turk ertaklarida milliy ruhda qayta talqin etilishi yoritilgan. Ertaklarda botir qahramon obrazining o‘rni alohida ta’kidlanadi, chunki u o‘zbek xalqining tarixiy jasorati, adolat va mehnatsevarlik ramzi hisoblanadi. Maqola qahramonlarning xalq ongidagi tarbiyaviy, axloqiy va estetik ahamiyatini ham ochib beradi. Natijada, o‘zbek va turk ertaklari qahramonlari xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy merosi va milliy o‘zlik ifodasining muhim omili sifatida talqin etiladi.



