DUNYONI HAYRATGA SOLGAN O'ZBEK SPORTCHI QIZLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekiston ayol sportchilarining sport rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning xalqaro maydondagi yutuqlari hamda yosh avlodni sportga jalb etishdagi o‘rni ilmiy tahlil qilinadi. Mustaqillik yillarida davlat tomonidan sportni, xususan, xotin-qizlar sportini qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan qaror va farmonlar natijasida ayol sportchilarning ommaviylashuvi, sport infratuzilmasi hamda zamonaviy tayyorgarlik tizimining shakllanishi yoritiladi. Maqolada boks, yengil atletika, dzyudo, gimnastika, taekvondo, karate va boshqa sport turlarida faoliyat yuritayotgan sportchi qizlarning Olimpiya o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlaridagi natijalari tahlil qilinib, ularning g‘alabalari O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, erishilgan yutuqlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha hududlarda infratuzilmani kengaytirish, iqtidorli qizlarni erta aniqlash va ilmiy asoslangan tayyorgarlikni takomillashtirish zarurligi muhokama qilinadi.



