遇见数据集

Talabalarning badiiy – estetik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi

收藏
Zenodo2025-11-13 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi bugungi kun talabidan kelib chiqib, kreativ yondashuv asosida takomillashtirilgan. Bugungi kunga qadar talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish jarayonini texnologiyalashtirish muammosi ko‘plab tadqiqotchi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Masalan, MDH olimlari V.Maksimova, L.Klikova, R.Djandosov, mamlakatimiz tadqiqotchi olimlari F.Rabbimova, N.Yuldashevalar talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning turli texnologiyalarini amaliyotga joriy etganlar. Badiiy-estetik tarbiya texnologiyalarining xarakterli jihatlari ta’lim subyektlarida izlanuvchanlik faoliyatining birgalikda amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi. Hissiy-obrazli, muhokama va tanlov natijasida shaxslararo mustahkam hamkorlikdagi harakat vujudga keladi. Badiiy-estetik tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar talabalarning badiiy-estetik kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qituvchi hamda talabalar orasidagi demokratik munosabatlarni ta’minlashga imkon berishi natijasida badiiy-estetik ta’limning sifati va samaradorligiga erishiladi. Ushbu jihatlarni hisobga olga holda, mazkur maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy estetik kompetentligini rivojlantrish texnologiyasining to‘rt bosqichdan iborat (motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli, shaxsiy-rivojlantiruvchi) pedagogik algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu texnologiyani ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash usullari va vositalari yoritilib berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2025-11-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务