SURXONDARYO SHAROITIDA KAMBAG'ALLIKKA QARSHI KURASHISH DASTURLARINI SAMARALI BOSHQARISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida kambag‘allikka qarshi kurashish dasturlarini samarali boshqarish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida hududda aholi daromadlari, bandlik darajasi va kambag‘allik ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilindi. Statistik ma’lumotlar asosida daromadlarning oshishi va bandlikning yaxshilanishi kambag‘allik darajasining kamayishiga olib kelishi aniqlangan. Shuningdek, regressiya modeli yordamida kambag‘allikka ta’sir etuvchi asosiy omillar baholanib, ularning o‘zaro ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari kambag‘allikka qarshi kurashishda iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu ish natijalari hududiy rivojlanish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.



