MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EMOTSIONAL INTELLEKNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy tezisda maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektni rivojlantirishning psixologik-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy psixologiya va pedagogika fanlarida emotsional intellekt shaxsning ijtimoiy moslashuvi, emotsional barqarorligi va kelgusidagi akademik muvaffaqiyatlarini belgilovchi muhim omil sifatida e’tirof etiladi. Tadqiqotda emotsional intellekt tushunchasining nazariy asoslari, uning maktabgacha yosh davridagi rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, pedagogik jarayonda emotsional intellektni shakllantirishga xizmat qiluvchi psixologik-pedagogik shart-sharoitlar ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Tezisda empatiya, emotsiyalarni anglash va boshqarish, ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali metodlari tahlil qilinadi.



