AYOLLARDA RAK KASALLIKLARINING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI: ZAMONAVIY PROFILAKTIK YONDASHUVLAR
收藏资源简介:
Annotatsiya: Ayollar salomatligiga tahdid soluvchi onkologik kasalliklar orasida bachadon bo‘yni, ko‘krak bezi, bachadon tanasi va tuxumdon saratoni muhim o‘rin egallaydi. Ushbu kasalliklarning ayrim turlarini erta aniqlash va xavf omillarini kamaytirish orqali kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada pasaytirish mumkin. Ayniqsa, bachadon bo‘yni saratonining inson papilloma virusi bilan bog‘liqligi, ko‘krak bezi saratonida yosh, irsiyat, gormonal va hayot tarzi omillarining roli ayollar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Mazkur maqolada ayollarda onkologik kasalliklarning oldini olishning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika yo‘nalishlari, inson papilloma virusiga qarshi emlash, skrining tekshiruvlari, sog‘lom turmush tarzi, reproduktiv salomatlik va tibbiy savodxonlikning ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.



