TIL VA JAMIYAT: GLOBALLASHUV DAVRIDA MILLIY TIL MASALASI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada globallashuv jarayonining milliy til rivojiga ta’siri va o‘zbek tilining jamiyatdagi o‘rni yoritilgan. Unda davlat tilining huquqiy maqomi, ta’lim va ilm-fan sohalarida qo‘llanilishi hamda zamonaviy raqamli muhitdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlar nutqida xorijiy so‘zlarning ko‘payishi, yozma savodxonlik va adabiy til me’yorlariga rioya qilish masalalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda sotsiolingvistik, qiyosiy-tahliliy va tavsifiy yondashuvlardan foydalanilib, milliy til taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘zbek tilining ilmiy terminologiyasini rivojlantirish, raqamli resurslarini kengaytirish va til madaniyatini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Xulosa sifatida milliy tilni asrash va rivojlantirish xorijiy tillarni o‘rganish bilan uyg‘un holda olib borilishi zarurligi asoslangan.



