遇见数据集

MUSIQA MADANIYATINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH JARAYONI

收藏
Zenodo2026-01-30 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tadqiqot musiqiy ta’lim tizimida musiqa madaniyatini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayonining nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida musiqa madaniyati fanini o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda musiqiy-estetik tafakkur, ijodiy qobiliyat va milliy madaniyatga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tahlil va sintez, taqqoslash, pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma hamda tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijasida musiqa madaniyatini o‘qitishda interfaol metodlar, integrativ yondashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali ekanligi aniqlandi. Shuningdek, dars jarayonida milliy va jahon musiqa namunalarini uyg‘unlashtirish orqali ta’lim sifati oshishi isbotlandi. Tadqiqot natijalari umumta’lim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan musiqa ta’lim muassasalarida musiqa madaniyati fanini o‘qitish amaliyotida qo‘llash uchun tavsiya etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务