five

SUG'URTA XIZMATLARIGA AHOLINING ISHONCH DARAJASINI OSHIRISH OMILLARI VA MUAMMOLARI

收藏
DataCite Commons2026-05-04 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20025152
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada bugungi kunda sug‘urta bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolar, xususan, aholi o‘rtasida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ishonch darajasining pastligi va uning sabablari tadqiq etiladi. Maqolada xalqaro tajriba va milliy qonunchilik asosida ishonchni oshirishning asosiy omillari - raqamlashtirish, shaffoflik va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston moliya bozorining strategik tarmog‘i hisoblangan sug‘urta sohasida aholi ishonchini oshirishning fundamental omillari va tizimli muammolari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sug‘urta xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi pastligining asosiy sababi sifatida axborot assimetriyasi, to‘lov jarayonlarining murakkabligi va sug‘urta madaniyatining yetarli darajada shakllanmaganligi aniqlangan. Maqolada xalqaro tajriba (Swiss Re, Allianz modellari) va milliy bozor xususiyatlari qiyoslanib, ishonchni mustahkamlashda InsurTech (blokcheyn va smart-kontraktlar), Takaful (islomiy sug‘urta) tamoyillari hamda NPS (Net Promoter Score) indeksini joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari sug‘urta kompaniyalari faoliyatining shaffofligini oshirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务