USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARINING YOSHLAR MA'NAVIY KAMOLOTIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada ustoz–shogird an’analarining yoshlarning ma’naviy kamolotiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy mentorlik tizimining shaxsiy rivojlanish, axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada ustozning rahbarlik roli, shogirdning sadoqat va intizomiy majburiyatlari hamda ustoz–shogird munosabatlarining psixologik va pedagogik jihatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ustoz–shogird an’analari yoshlarning ma’naviy va axloqiy rivojlanishida samarali vosita bo‘lib, ularni ijtimoiy hayotga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, maqolada zamonaviy ta’lim va tarbiya jarayonida ushbu an’analarni tatbiq etish yo‘llari ham tahlil qilinadi.



