遇见数据集

ISLOM MOLIYASINING HUQUQIY-ME'YORIY ASOSLARI

收藏
Zenodo2026-08-16 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Inson mavjudligi va o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi Shariatning asosiy tamoyillari islomiy moliya sohasida ham qo‘llaniladi. Shariat ayrim faoliyatlarni qat’iyan taqiqlangan (harom), boshqalarini esa majburiy (farz) deb belgilaydi. Ushbu ikki chegaraning o‘rtasida keng ko‘lamdagi joiz (halol) iqtisodiy va moliyaviy faoliyatlar mavjud. Islom moliyasining huquqiy-me’yoriy asoslari Qur’oni karim, Sunnat, ijmo’, qiyos hamda zamonaviy shariat standartlariga tayangan holda shakllanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham islom moliyasini rivojlantirishga qaratilgan huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur maqolada islom moliyasining huquqiy-me’yoriy asoslari O‘zbekiston misolida tahlil qilinib, amaldagi qonunchilik, Markaziy bankning tartibga solish mexanizmlari, xalqaro standartlarning qo‘llanilishi hamda milliy moliya tizimiga joriy etish istiqbollari baholanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-16
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务