AQSHNING MARKAZIY OSIYODAGI TA'LIM, MADANIY VA GUMANITAR DASTURLARI "YUMSHOQ KUCH" VOSITASI SIFATIDA
收藏资源简介:
Maqola Jozef Nay tomonidan ishlab chiqilgan "yumshoq kuch" nazariyasining kelib chiqishiga turtki bo'lgan tarixiy voqealar va uning xalqaro munosabatlardagi paradigmatik ahamiyatini tahlil qiladi. AQSh tashabbusi, moliyaviy ko'magi va roziligi bilan Markaziy Osiyoda ochilgan universitetlar hamda ta'lim, madaniy va gumanitar dasturlar yumshoq kuch vositasi sifatida ko'rib chiqilib, ta'lim diplomatiyasi orqali mintaqada ijtimoiy-madaniy ta'sir shakllanishi yoritiladi. Empirik ma'lumotlar – talabalar almashinuvi, universitetlar faoliyati va yoshlar orasidagi dinamik o'sish – AQShning yumshoq kuchi sezilarli, ammo murakkab va chegaralangan ta'sirga ega ekanini ko'rsatadi. Shu bilan birga, AQSh siymosining mintaqada qanday qabul qilinishi ham tahlil qilinadi. Maqola muallifi tomonidan tuzilgan jadvallar yurtimizning xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi sohasiga muayyan ilmiy hissa qo'shishi mumkin. Pirovardida, yumshoq kuch AQSh rasmiy siyosati va diplomatiyasining ajralmas vositasiga aylangani ilmiy adabiyotlar asosida atroflicha tahlil qilinadi.



