遇见数据集

EMPIRIK MA'LUMOTLAR TURLARI

收藏
Zenodo2026-03-28 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada empirik ma’lumotlar tushunchasi, uning ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni hamda asosiy turlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ilmiy izlanishlarda empirik ma’lumotlar tadqiqot natijalarining ishonchliligini ta’minlovchi muhim manba sifatida qaraladi. Maqolada empirik ma’lumotlarning kuzatuv, tajriba, so‘rovnoma, statistik ma’lumotlar hamda hujjatli manbalar asosida to‘planadigan turlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ularning tadqiqot jarayonida yig‘ilishi, tizimlashtirilishi va tahlil qilinishi bosqichlari ilmiy metodologiya nuqtai nazaridan yoritiladi. Empirik ma’lumotlar ilmiy gipotezalarni tekshirish, nazariy qarashlarni asoslash hamda yangi ilmiy xulosalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Tadqiqot davomida empirik ma’lumotlarning sifat va miqdoriy turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilmiy tadqiqot metodlari bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Maqola natijalari empirik ma’lumotlardan samarali foydalanish ilmiy tadqiqotlarning aniqligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, empirik ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayonida metodik yondashuvlarning ahamiyati alohida qayd etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务