遇见数据集

O'ZBEK TILIDA SUN'IY INTELLEKT TERMINLARINING NEOLOGIK SHAKLLANISH JARAYONI

收藏
Zenodo2026-07-31 更新2026-08-02 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tilida sun’iy intellekt terminlarining neologik shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim, avtomatlashtirilgan xizmatlar, tarjima tizimlari, chatbotlar, generativ modellar va aqlli dasturlar rivoji natijasida o‘zbek tiliga sun’iy intellekt bilan bog‘liq ko‘plab yangi terminlar kirib kelmoqda. Mazkur terminlarning bir qismi tarjima yo‘li bilan, bir qismi xalqaro termin sifatida, yana bir qismi esa o‘zbek tilining ichki so‘z yasalish imkoniyatlari asosida shakllanmoqda. Tadqiqotning maqsadi sun’iy intellekt sohasiga oid terminlarning o‘zbek tilidagi neologik xususiyatlarini aniqlash, ularning adaptatsiya, transformatsiya va barqarorlashuv jarayonlarini yoritishdan iborat. Maqolada tavsifiy, semantik, qiyosiy, terminologik va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt terminlari o‘zbek tilida yangi leksik qatlamni shakllantirmoqda, ularning qo‘llanishi esa ilmiy, texnik, ta’limiy va ommaviy nutq uslublari o‘rtasidagi munosabatni yangilamoqda.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务