O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SO'Z TARTIBINING ASOSIY QOIDALARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida so‘z tartibining asosiy qoidalari qiyosiy tahlil qilingan. O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub agglyutinativ til bo‘lib, SOV (ega–to‘ldiruvchi–kesim) tipiga kiradi. Ingliz tili esa hind-yevropa oilasining german guruhiga mansub analitik til bo‘lib, SVO (ega–kesim–to‘ldiruvchi) tipiga mansubdir. Maqolada darak, so‘roq va inkor gaplardagi so‘z tartibi, aniqlovchilar, ravishlar va yordamchi fe'llarning joylashuvi kabi asosiy sintaktik farqlar tahlil qilingan. O‘zbek tilida morfologik vositalarning boyligi so‘z tartibining nisbiy erkinligini ta'minlasa, ingliz tilida morfologik vositalarning kambag‘alligi qat'iy so‘z tartibini talab qiladi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarga o‘rgatishda so‘z tartibi bilan bog‘liq qiyinchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.



