KATTA HAJMDAGI MA'LUMOTLARNI (BIG DATA) QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA AQLLI SHAHAR (SMART CITY) TIZIMLARINI YARATISH VA BOSHQARISHNING INNOVATSION YECHIMLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarining aqlli shahar tizimlarini shakllantirish va boshqarishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Smart City konsepsiyasi zamonaviy urbanizatsiya jarayonida transport, energetika, sog‘liqni saqlash, ekologiya, kommunal xizmatlar va xavfsizlik tizimlarini raqamlashtirish orqali samarali boshqaruvni ta’minlashga qaratilgan. Tadqiqot davomida Big Data texnologiyalarining Hadoop, Spark, IoT, sun’iy intellekt va bulutli hisoblash tizimlari bilan integratsiyasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Barselona, Singapur, Dubay va Seul kabi ilg‘or aqlli shaharlar tajribasi o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, katta hajmdagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilish transport oqimlarini optimallashtirish, energiya sarfini kamaytirish hamda ekologik monitoring samaradorligini oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, axborot xavfsizligi, maxfiylik va texnologik infratuzilma bilan bog‘liq muammolar ham tahlil qilindi. Maqola aqlli shaharlarni boshqarishda Big Data texnologiyalarining innovatsion imkoniyatlarini ilmiy asosda yoritadi.



