遇见数据集

NAVOIY VILOYATIDA XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISH HOLATI VA TAHLILI

收藏
Zenodo2026-01-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada Navoiy viloyatining xalqaro turizmni rivojlantirishdagi mavjud holati, hududiy turizm salohiyati hamda uni samarali rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy-tahliliy asosda yoritilgan. Tadqiqot jarayonida viloyatning Nurota, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarida joylashgan tarixiy-madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, arxeologik yodgorliklar, tabiiy-rekreatsion resurslar hamda turizm infratuzilmasining hozirgi holati tizimli ravishda tahlil qilingan. Mualliflar tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga tayangan holda hududlarda ekologik, ziyorat, madaniy, etnografik va rekreatsion turizm turlarini rivojlantirish uchun mavjud real imkoniyatlar ochib berilgan. Maqolada, shuningdek, Navoiy viloyatida turizm kontentining yetishmasligi, turistlik resurslar bo‘yicha yagona axborot bazasining to‘liq shakllanmaganligi hamda xorijiy turistlarni uzoq muddat hududda ushlab qolishga xizmat qiluvchi kompleks turistik dasturlar yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, viloyat hududida mavjud bo‘lgan boy tarixiy va tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ularni zamonaviy turizm talablari asosida targ‘ib qilish hamda hududiy turizm infratuzilmasini takomillashtirish xalqaro turizm oqimini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务