遇见数据集

FAVQULODDA VAZIYATLARDA BIRINCHI TIBBIY YORDAMNI TASHKIL ETISH VA KO'RSATISH

收藏
Zenodo2026-03-02 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordamni tashkil etish va ko‘rsatishning nazariy-metodologik asoslari hamda amaliy mexanizmlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida favqulodda vaziyatlarning ko‘p omilli xususiyati, “oltin soat” tamoyilining ahamiyati, idoralararo muvofiqlashtirish mexanizmlari hamda aholining birlamchi tibbiy tayyorgarlik darajasi ilmiy jihatdan o‘rganildi. Tizimli, funksional va integrativ yondashuvlar asosida favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordamni tashkil etishning uch darajali (institutsional, professional va ijtimoiy) modeli ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari birinchi tibbiy yordam samaradorligi tashkiliy boshqaruv, tezkorlik, standartlashtirilgan harakat algoritmlari va aholining amaliy ko‘nikmalari uyg‘unligiga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda psixologik barqarorlikni shakllantirish va simulyatsion treninglarni joriy etish birinchi yordam sifatini oshirishning muhim omili ekanligi asoslab berildi. Mazkur maqola favqulodda vaziyatlarda inson hayotini saqlab qolish va sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务