DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH HAM KOMPLEKS NAZORAT
收藏资源简介:
Maqolada davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati va uning kompleks nazorat tizimi orqali samarali amalga oshirilishi masalalari o‘rganilgan. Korrupsiyaga qarshi kurash nafaqat yuridik va ma’muriy choralarni, balki institutsional monitoring, nazorat mexanizmlari va shaffoflikni ta’minlovchi strategiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda davlat organlarida korrupsiya holatlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha kompleks yondashuvlar, shuningdek, nazoratning tashkiliy, huquqiy va texnologik vositalari tahlil qilingan. Maqola amaliy misollar va statistik ma’lumotlar orqali davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashni tizimli tashkil etishning samaradorligini ko‘rsatadi va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganishga asos bo‘ladi.



