MAKTABLARDA UYALI ALOQA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH MASALALARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida uyali aloqa vositalaridan foydalanishni tartibga solishning pedagogik, psixologik, huquqiy va tashkiliy jihatlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida mobil telefonlar ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanayotgan bo‘lsa-da, ulardan nazoratsiz foydalanish o‘quvchilarning diqqatini pasaytirishi, akademik natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ta’lim muhitiga turli xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida maktablarda mobil telefonlardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, xalqaro tajribalar hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida muammoning yechimlari yoritilgan. Shuningdek, maktablarda mobil qurilmalardan foydalanish bo‘yicha samarali boshqaruv mexanizmlari va tavsiyalar ishlab chiqilgan.



