TIJORAT BANKLARINING TRANSFORMATSIYASI JARAYONIDA NAQD PULSIZ OPERATSIYALAR AMALIYOTINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tijorat banklarining transformatsiyasi sharoitida naqd pulsiz operatsiyalar tizimini innovatsion rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyotning jadal sur’atlarda rivojlanishi bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda mijozlarga qulay, tezkor va xavfsiz to‘lov infratuzilmasini yaratishni talab etmoqda. Tadqiqotda masofaviy bank xizmatlari, mobil ilovalar, elektron hamyonlar, QR-kodli to‘lovlar, blokcheyn texnologiyalari va sun’iy intellekt asosidagi to‘lov tizimlarining amaliy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, maqolada naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish orqali “soya iqtisodiyoti”ni qisqartirish, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash hamda bank tizimining barqarorligini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tijorat banklari transformatsiyasi jarayonida innovatsion yondashuvlar raqobatbardoshlikni oshirishi, mijozlar bazasini kengaytirishi va xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqishi ilmiy asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bank sektorida raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda naqd pulsiz to‘lovlar ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.



