BULUTLI HISOBLASH (CLOUD COMPUTING) TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA KORPORATIV AXBOROT TIZIMLARINING XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH VA MA'LUMOTLARNI HIMOYALASH USULLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada bulutli hisoblash texnologiyalarining korporativ axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni va ma’lumotlarni himoyalash usullari tahlil qilinadi. Zamonaviy tashkilotlarda ma’lumotlar hajmining ortishi va masofaviy xizmatlardan foydalanish kengayishi natijasida axborot xavfsizligi masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada IaaS, PaaS va SaaS modellarida xavfsizlikni boshqarish, ma’lumotlarni shifrlash, autentifikatsiya, xavfsizlik monitoringi, tarmoq himoyasi va zaxiralash texnologiyalari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, xalqaro standartlar va statistik ma’lumotlar asosida bulutli infratuzilmada yuzaga keladigan tahdidlar hamda ularni bartaraf etish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari korporativ tizimlarda bulutli xavfsizlik mexanizmlaridan samarali foydalanish axborot resurslarini himoyalash darajasini oshirishini ko‘rsatadi.



