遇见数据集

ZAMONAVIY JANGOVAR OPERATSIYALARDA YARADORLARNI EVAKUATSIYA QILISH: "OLTIN SOAT" DAN AVTONOM BARQARORLASHTIRISHGA O'TISH

收藏
Zenodo2026-02-11 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tadqiqot ko‘p maqsadli jangovar operatsiyalar sharoitida tibbiy ta‘minot tizimni yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalarini tahlil qiladi. Zamonaviy mojarolar tajribasi evakuatsiya zanjiridagi uzilishlar tufayli an’anaviy “Oltin soat” tamoyili muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda evakuatsiya kechikkan taqdirda ham, agar joyida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilsa, bemorning yashab ketish ehtimoli yuqori ekanligi ilmiy ma‘lumotlar bilan isbotlangan. Sun’iy intellekt va robotlashtirilgan platformalarning integratsiyasi yaradorlarni 72 soatgacha barqarorlashtirish va omon qolish koeffitsientini oshirishning asosiy omili sifatida aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, kelajakdagi harbiy-tibbiy tayorgarlik nafaqat texnologik innovatsiyalar, balki mukammal modullar, “10-30-1-2” algoritmi va kiber-chidamli logistika tizimlarini o‘z ichiga olgan yaxlit strategik yondashuv orqali ta‘minlanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务