遇见数据集

DETERMINATION OF DRY PRODUCT YIELD IN THE NATURAL DRYING PROCESS OF LEEKS

收藏
Zenodo2026-04-02 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tadqiqotda porey piyozi (Allium porrum L.) nav va duragaylaridan olingan namunalarning turli tabiiy quritish usullarida quritilganda quruq mahsulot chiqimi va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganildi. Tajribalar uch xil sharoitda olib borildi: ochiq oftobda quritish, quyosh panelli quritkichda quritish hamda maxsus qora mato yordamida sun’iy soya sharoitida quritish. Quritish davomiyligi, qurish tezligi va mahsulot rangidagi o‘zgarishlar o‘zaro taqqoslab baholandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, quritish usullari orasidagi farqlar sezilarli darajada katta emas, biroq quyosh panelli quritish usuli nisbatan yuqori samaradorlikni ta’minladi. Soxta piyozbosh qismida eng yuqori quruq mahsulot chiqimi “Linkolin F1” duragayida quyosh panelli quritishda 17.0 %, soyada 16.8 % va oftobda 15.7 % ni tashkil etdi. “Kolambus” navida mos ravishda 16.8 %, 16.5 % va 15.5 % natijalar qayd etildi. “Sizokril” va “Vesta” navlarida esa natijalar o‘zaro yaqin bo‘ldi. Barg qismida eng yuqori natijalar asosan soyada quritish sharoitida kuzatildi: “Linkolin F1” duragayida 14.0 %, “Kolambus” navida 13.8 % va “Sizokril” navida 13.7 % quruq mahsulot chiqimi aniqlandi, eng past ko‘rsatkichlar esa ochiq oftobda qayd etildi. Quritish davomiyligi usullarga qarab farq qildi: soyada 8–11 soat, quyosh panelli quritkichda 9–12 soat, ochiq oftobda esa 15–18 soat davom etdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyosh panelli hamda soyada quritish usullari an’anaviy oftobda quritishga nisbatan samaraliroq ekanligi aniqlandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务