YOSH BOKSCHI QIZLARNI SPORT MUSOBAQALARIGA PSIXOLOGIK TAYYORLASH METODIKASI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada yosh bokschi qizlarni sport musobaqalariga psixologik tayyorlashning nazariy asoslari va amaliy metodikasi yoritilgan. Tadqiqot maqsadi — musobaqa oldi psixologik tayyorgarlikning tarkibiy qismlarini ilmiy adabiyotlar asosida tizimlashtirish va bokschi qizlar uchun maqsadli psixologik tayyorgarlik metodikasini ishlab chiqish. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, umumlashtirish va pedagogik kuzatuv metodlaridan foydalanilgan. Psixologik tayyorgarlikning toʻrtta asosiy komponenti — motivatsion, emotsional, irodaviy va kognitiv tayyorgarlik — bokschi qizlar musobaqa samaradorligiga bevosita taʻsiri jihatidan tahlil qilindi. Musobaqa oldi stress va psixologik bosimni boshqarishga yoʻlnaltirilgan konkret texnikalar va pedagogik usullar tavsiya etildi. Maqola oʻzbek sport psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi ilmiy manbalar asosida yozilgan boʻlib, trenerlar va sport psixologlari uchun amaliy qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi.



