HARAKATDAGI ARXITEKTURA: KELAJAK BINOLARINING KINETIK VA DINAMIK KONSTRUKTIV YECHIMLARI
收藏资源简介:
Ushbu tezisda zamonaviy arxitekturaning rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri kinetik va dinamik arxitektura tushunchalari tahlil qilinadi. An’anaviy binolardan farqli ravishda, dinamik arxitektura o‘z shakli, fasadi yoki alohida konstruktiv elementlarini tashqi muhit, quyosh nuri, shamol, harorat hamda foydalanuvchi ehtiyojlariga mos ravishda o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Tadqiqotda transformatsiyalanuvchi konstruksiyalarning asosiy turlari, ularning ishlash prinsiplari, konstruktiv va funksional imkoniyatlari hamda ekologik samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kinetik fasadlar, harakatlanuvchi tomlar va transformatsiyalanuvchi makonlarning zamonaviy arxitekturadagi o‘rni tahlil qilinadi. Kinetik arxitekturaning kelajakdagi rivojlanishida raqamli boshqaruv, sensorlar, avtomatlashtirish va yangi materiallardan foydalanish muhim omil sifatida baholanadi.



