KICHIK BIZNESDA LOGISTIKA XARAJATLARINI KAMAYTIRISH VA YETKAZIB BERISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH: RAQAMLI VA INTEGRATSIYALASHGAN LOGISTIKA MODELI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarida logistika xarajatlarini optimallashtirish va yetkazib berish samaradorligini oshirishning nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi kichik biznesning cheklangan moliyaviy va tashkiliy resurslar sharoitida logistika xarajatlarining mahsulot tannarxi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va korxonaning raqobatbardoshligiga bevosita ta’siri bilan izohlanadi. Maqolada transport, ombor, zaxiralarni boshqarish, buyurtmalarni qayta ishlash va “so‘nggi kilometr” yetkazib berish xarajatlari o‘zaro bog‘liq tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda logistika xarajatlarini kamaytirish faqat transport xarajatlarini qisqartirish bilan cheklanmasligi, balki ta’minot zanjirining barcha bo‘g‘inlarini integratsiyalash va raqamlashtirish orqali umumiy logistika samaradorligini oshirish zarurligi asoslanadi. Kichik biznes uchun logistika samaradorligini baholashning KPI tizimi hamda raqamli logistika asosidagi takomillashtirilgan boshqaruv modeli taklif etiladi. Tadqiqot natijalari kichik biznes subyektlarining xarajatlarini optimallashtirish, yetkazib berish muddatlarini qisqartirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.



